Bolalar sporti: Sport turini yoshga qarab tanlash kerak!​

 

Bolalarga turli yoshda turli sport mashg‘ulotlari yoqadi. Ularni to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kerakli o‘yinchoqlar bilan ta’minlash lozim. Bunda, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun uchg‘ildirakli velosiped – eng yaxshi yechim hisoblanadi. Shu bilan birga, bolalarni ma’lum bir yosh uchun mo‘ljallangan sport turlari bilan ham shug‘ullantirish kerak. Bu nafaqat yutuqlar uchun, balki bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun ham zarur.
Quyida siz bilan turli yoshdagi bolalar uchun turli xil sport yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz.

3-5 yoshda


Ushbu yoshdagi bolalarni aynan bir yo‘nalishdagi sport bilan mashg‘ul qilish tavsiya etilmaydi. Bu yoshda bolalarga turli xil o‘yinlar to‘g‘ri keladi. Masalan, to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, estafeta, berkinmachoq, faol o‘yinlar paytida yugurish va boshqalar.
Bu vaqt davomida bolalarni kelajakda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sport turlari bilan tanishtirish lozim. Chang‘ida uchish, shpagatga o‘tirish, bolaning birinchi gollarini urishiga yordamlashish va shu kabi ko‘nikmalarni o‘rgatish ham tavsiya etiladi.

6-9 yosh

Bu yoshda bolalar maktabga boradi va yangi tajriba hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Yosh bolalar uchun ijtimoiy hayot juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ularni do‘stlari shug‘ullanadigan sportga jalb qilish mumkin. Sport bilan shug‘ullanish, bolalarda hamkorlik va nizolarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim o‘ringa ega.
Qiz bolalar uchun: individual yoki jamoaviy gimnastika, suzish, raqs, chang‘ida uchish.
O‘gil bolalar uchun: futbol, suzish, karate, tennis va boshqalar.

9-12 yosh

jongen bal ⋆ Hoogsensitief.NL

Bu yoshda bolalar uchun ijtimoiy munosabatlar ustuvor hisoblanadi. Shuning uchun bu yoshda farzandlaringizni jamoaviy o‘yinlarga jalb qilganingiz ma’qul. Futbol, hokkey, voleybol, basketbol va boshqa jamoaviy sport o‘yinlari 9-12 yoshdagi bolalardan ko‘proq vaqt va e’tibor talab qiladi. Siz ham farzandingizni doimiy ravishda mashg‘ulotlarga olib borishingiz, sport anjomlarini sotib olib berish va musobaqalarida ishtirok etishingiz kerak bo‘ladi.

O‘smirlik davri

Welcher Sport eignet sich für mein Kind?

Bu vaqtga kelib, sizning rolingiz biroz o‘zgaradi. Bu davrda o‘smirlar ancha mustaqil bo‘lib, qaysi sport turini tanlash borasida o‘zlarining xohish va tanlovlarini aytib berishadi. Siz esa rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashni davom ettiring. Agar bola shug‘ullanadigan jamoasi quvonchdan ko‘ra stressni bersa, bolalar bunday mashg‘ulotlardan voz kechishni xohlashlari mumkin. Bunday qaror qabul qilish juda qiyin bo‘lishi mumkin, ammo unutmang: sport doim quvonch keltirishi kerak. Lekin agar Olimpiya chempionini tayyorlayotgan bo‘lsangiz, bu boshqa masala.

Foydali sport turlari:
• basketbol, voleybol;
• raqs, balet;
• chang‘ida uchish;
• xokkey;
• figurali uchish;
• futbol;
• tennis;
• bilyard;
• badminton;
• gimnastika, xoreografiya;
• boks;
• suzish, suvga sakrash;
• yugurish;
• yengil va og‘ir atletika;
• yoga, fitness.

Bolani sportga qiziqtirish uchun farzandingiz bilan sport markazlariga sayohat uyushtirishingiz mumkin. Ba’zan bola nimani yoqtirishini oldindan aytib bo‘lmaydi, ko‘p narsa jamoa va murabbiyga ham bog‘liq.

http://xabardor.uz/x/624613