So‘zlar tanamizda kasallik keltirib chiqarishi rostmi?
Har birimiz o‘zimizning noyob lug‘atimizga egamiz. Ushbu to‘plam inson o‘zini-o‘zi dasturlashi uchun eng kuchli vositadir. Ya’ni, biz gapirganimizdek yashaymiz. So‘zlar – fikrlarimizning libosidir. Shu bilan birga so‘zlar energiyasi hatto fikr energiyasidan tez ishlashi aniqlangan.
Tanamizda kasalliklarni keltirib chiqaradigan so‘zlarni birinchi bo‘lib nemis psixoterapevti Nossrat Peseshkian kashf etgan. Vaqt o‘tishi bilan Peseshkian ushbu so‘z birikmalari har bir insonda mavjudligini isbotladi. Quyida kasallik keltirib chiqaradigan so‘z, jumla va harakatlarni keltirib o‘tamiz.
• Hiqildog‘imga keldi, me’daga tegdi va hokazo – anoreksiya (asab kasalligi).
• Yelkamdagi qarz, bo‘ynimdagi qarz, muammolarimni yelkamda ortib yurgandekman va hokazo – osteoxondroz (umurtqa pog‘onasining zararlanishi).
• Jonimga tegib ketdi va hokazo – saraton.
• Ich-etimni yeyapman, buni hazm qila olmayman va hokazo – oshqozon yarasi.
• Kuchim qolmadi, o‘lguday charchadim va hokazo – urologik kasalliklar.
• Jahliga erk berish, ko‘p xo‘rsinish, kimgadir qarab aksirish va hokazo – bronxial astma.
• Qon-qonimga singib ketgan va hokazo – qon bilan bog‘liq kasalliklar.
• Barcha narsani ko‘ngilga yaqin olish va hokazo – miokard infarkt.
• Ko‘ngil bo‘shligi va hokazo – allergiya.
• Boshim yorilay deyapti, boshim bilan javob beraman, bosh og‘rig‘i ekan va hokazo – migren (miya og‘rig‘i).
• Sabr kosam to‘ldi va hokazo – gipertoniya (qon bosimining oshishi).
• Ko‘ramiz va hokazo – ko‘z kasalliklari.
• Gapirma, jim bo‘l, o‘chir, eshitishni xohlamayman va hokazo – eshitish qobiliyati pasayishi, karlik.
• Jig‘imga tegyapti, sabrimni sinama va hokazo – depressiya.
Izoh: shu va shunga o‘xshash so‘z, ibora va harakatlar kimga (yoki nima uchun) tegishli ekanligining farqi yo‘q. Ular inson faol nutqida mavjudligining o‘zi kasallik keltirib chiqaradi. O‘zingiz va yaqinlaringizning nutqini kuzatib boring. Ularda shu kabi “buzg‘unchi” so‘zlarni sezib qolsangiz, ma’ruza o‘qishdan o‘zingizni tiying. Yaxshisi, ushbu maqolani ularga ko‘rsating va mustaqil xulosa chiqarishlariga imkon bering.
http://xabardor.uz/sozlar-tanamizda-kasallik-keltirib-chiqarishi-rostmi