Dilmurod Nabiyev Sardobadagi favqulodda vaziyat sababli Jizzax shahriga evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi
Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Sardobadagi fojia natijasida Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatiga joylashtirilgan 300 nafarga yaqin fuqarolarning holidan xabar oldi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatiga joylashtirilgan aholi bilan muloqot qildi. Suhbat chogʻida vazir tushkunlikka tushmaslikni bu kunlarni birgalikda yengishini taʼkidladi.
Shundan soʻng, Dilmurod Nabiyev viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi I.Tojiboyev boshchiligidagi mutasaddi xodimlar bilan uchrashib, Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatiga joylashtirilgan aholi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, sport jihozlari, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar berdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati