Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan futbol boʻyicha onlayn musobaqa oʻtkaziladi

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi “Biz uyda futbol bilan zerikmaymiz” shiori ostida, futbol boʻyicha navbatdagi onlayn musobaqani tashkil etmoqda.
Joriy yilning 4-10-may kunlari boʻlib oʻtadigan “Boshqarma kubogi” onlayn musobaqasida Toshkent viloyatidan istalgan yoshdagi sportchilar va havaskorlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov gʻoliblari uchta yoʻnalish boʻyicha aniqlanadi:
“Oyoqda eng koʻp jonglyor qilgan ishtirokchi”;
“Boshda eng koʻp jonglyor qilgan ishtirokchi”;
“Eng chiroyli fint ijrochisi”.
Musobaqani oʻtkazish tartibiga koʻra ishtirokchilar videorolik ichida oʻzlari yashash manzili boʻyicha toʻliq maʼlumot berib oʻtishlari shart. Videolavha montaj qilinmagan xolda +99897 700-28-18 raqamining telegram manziliga joʻnatiladi.
Joʻnatilgan videoroliklar tanlov tashkiliy qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Musobaqada ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Uyda qoling! Sport bilan shugʻullaning! Onlayn musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib boʻling! Biz siz bilan koronavirusni yengamiz!
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Спорт вазирлиги расмий канали: https://t.me/Minsportuz