Rio-2016 chempioni Ruslan Nurudinov shu yilning 17 dekabridan musobaqalarda qatnashishiga ruxsat berildi

Ogʼir atletikachimiz London-2012 olimpiadasida 105 kg vazn toifasida 4-oʼrinni egallagandi. Musobaqa ishtirokchilarining doping-testi 2018 yil qayta tekshirilishi natijasida sportchimiz analizida turinabol aniqlangandi. 

Tabiiyki, Oʼzbekiston ogʼir atletika federatsiyasi ham bu vaziyatda atletimizni yolgʼiz qoldirmadi. Uzoq davom etgan surishtiruv ishlaridan soʼng Nurudinov ikki yil davomida musobaqalarda ishtirok etishiga taqiq qoʼyildi. Ushbu muddat 2018 yilning 18 dekabridan boshlab hisoblanadi va 2020 yilning 17 dekabrida yakuniga yetadi deya xabar bermoqda ogʼir atletika federatsiyasi matbuot xizmati.

Eʼtiborli jihati, 2012 yildan keyin oʼtkazilgan musobaqalardagi natijalar va medallar sportchimizdan olib qoʼyilmaydi. Yaʼni Rio-2016 Olimpiadasida 105 kg vazn toifasida Ruslan qoʼlga kiritgan oltin medali, 2013 (oltin) va 2014 yilgi (kumush) Jahon chempionatlari hamda Osiyo oʼyinlari-2018 natijalari ham bekor qilinmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

https://minsport.uz/post/view/3185