TAYINLOV: Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor tayinlandi
Jasur Akramov 1965-yil 22-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1983-1989-yillarda Ӯzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi, soʻngra mazkur oliygoh aspiranti.
Mehnat faoliyatini esa Ӯzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida ӯqituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik dekan muovini, bӯlim boshligʻi, kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
2003-yilda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qӯmitasida boshqarma boshligʻi, 2003-2004-yillarda Respublika oliy sport mahorati maktabida direktor muovini, 2004-2006-yillarda esa Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasida bӯlim boshligʻi boʻlib ishlagan.
2006-2009-yillar davomida Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirining sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2014-2018-yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018-yildan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Biz Jasur Akramovga masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati