Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan onlayn “KATA” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan onlayn “KATA” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

 

Aholi oʻrtasida karantin davrida boʻsh vaqtlarni mazmunli tashkil etish borasida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan karatening “kata” yoʻnalishi boʻyicha onlayn tarzda “Boshqarma kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 20-26-aprel kunlari oʻtkazilgan ushbu maxsus musobaqada 3 mingdan ziyod karate ustalari gʻoliblik uchun oʻz mahoratlarini ochib beruvchi videoroliklar bilan ishtirok etdi.

Joʻnatilgan videolar musobaqa tashkiliy qoʻmitasi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi. Musobaqada ishtirok etib, 1-3 oʻrinni egallaganlar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Musobaqa yakuniga koʻra, qizlar oʻrtasida 1-oʻrinni Zilola Akulova (Bekobod shahri), 2-oʻrinni Zuhra Ergashboyeva (Bekobod shahri) va 3-oʻrinni Shoxsanam Jahongirova (Bekobod shahri) egallashdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrinni Javohir Jahongirov (Bekobod shahri), Shahobiddin Qoʻshboyev (Bekobod shahri) va 3-oʻrinni Samandar Oʻrozaliyev (Zangiota tumani) qoʻlga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Батафсил: https://minsport.uz/post/view/3171