Mustaqil Oʻzbekistonga dzyudo boʻyicha Jahon chempionatining ilk medalini kim taqdim etgan?

Mustaqil Oʻzbekistonga dzyudo boʻyicha Jahon chempionatining ilk medalini kim taqdim etgan?

 

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Farhod Toʻrayev dzyudochilarimiz orasidan jahon chempionatlarida shoxsupaga koʻtarilgan ilk sportchi hisoblanadi.

Oilaviy muhit taʼsirida, otasi, Olot dzyudo maktabi asoschisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Rustam Toʻrayevning izidan borib dzyudo sport turini tanlagan Farhod Toʻrayev 1999-yili Angliyaning Birmengem shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu bilan kichik Toʻrayev jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilgan birinchi oʻzbek dzyudochisi sifatida tarixga kirgan.

Maʼlumot uchun, xalqaro toifadagi sport ustasi Farhod Toʻrayev 1997-yili Filippinda oʻtgan Osiyo chempionatining kumush, koʻplab nufuzli xalqaro musobaqalar, “Katta Dubulgʻa”, Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarda gʻolib va sovrindori boʻlgan. Jonkuyar murabbiy koʻplab nomdor sportchilarning ustozi hisoblanadi. Isteʼdodlarni tayyorlash jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.

Manba: https://t.me/judouz

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 https://minsport.uz/post/view/3164