Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiramiz

 

Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiramiz

2020-yilning 22-aprel kuni oʻzbek futbolining afsonalaridan biri, “Paxtakor” tarkibida ajoyib oʻyinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan Vilgelm Qahhorov vafot etdi.

U 1938-yil 5-avgust kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. “Paxtakor” tarkibida 4 mavsum davomida, 1961-64 yillarda oʻynagan. Chempionat uchrashuvlarida 64 bahsda 4 gol muallifiga aylangan. Himoyadagi ishonchli oʻyinlari sababli muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylangan va SSSR olimpiya terma jamoasi murabbiylari eʼtiborini tortgan. 1962-yil oliy ligada 6-pogʻona egallangan mavsumda barcha bellashuvlarda maydonga tushgan. 1963-yil Toshkentda Yaponiya milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba keltirgan yagona gol muallifiga aylangan.

Uning butun hayoti futbol bilan bogʻliq boʻldi. Hayotining oxirgi yillarida turli tadbirlarda ishtirok etib, futbolning ommaviyligi uchun oʻz hissasini qoʻshdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Yaratgandan sabr-bardosh tilab, hamdardlik bildiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati