O'zbek qilichbozlari o'z uylarida mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda

Ma'lumki, O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi, mamlakatimizda qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish va jahon sport arenalarida yuqori natijalarni egallash maqsadida, butun dunyo xalqaro amaliyotini qo'llagan holda qilichbozlik Milliy terma jamoasiga chet ellik mohir sportchilar hamda taniqli murabbiy - legionerlarni jalb qilmoqda.

Meksikalik Paola Piego - O'zbekistondagi legioner ayol qilichbozlardan biri va  u Milliy terma jamoamizni sablya yonalishidagi a`zosi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli Paola Pliego hozirda Fransiyada mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Barcha sportchilar singari, O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bilan kelishuv asosida, bugungi kunda Paola shaxsiy murabbiy nazorati ostida uyda muntazam mashg'ulotlarni bajarmoqda.

E'tiborlisi, Paola Pliego haftasiga 5 marotaba ikkita mashg'ulot o'tkazadi:

Birinchi mashg'ulotning davomiyligi 1 soat 30 minutni tashkil qiladi, shu vaqt ichida Paola badanni qizdirish uchun yugurishga 30 daqiqa vaqt ajratadi, so'ng gavdani cho'zish, harakatlarni muvofiqlashtirish mashqlarini so'ngra nishon ustida ishlash va oxirida kuch mashqlarini bajaradi.

Paola Pliegoning ikkinchi mashg'uloti 1 soatni tashkil etadi, bu mashg'ulot  jismoniy tarbiya va gavdani cho'zishga qaratilgan.

E'tiboringizga Paola Pliegoning video hisobotini taqdim etamiz, u erda Paola uyda mashg'ulotlardan lavhalarni aks ettirgan.

Do'stlar uyda qoling! Biz birgalikda koranavirusni engamiz!

O'zQF Matbuot xizmati