Buxorodagi barcha sport taʼlim muassasalarida dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda

Buxorodagi barcha sport taʼlim muassasalarida dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda

 

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo boʻylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Joriy yilning 15-mart sanasida Oʻzbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etildi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopilgan edi.

Ortda qolgan davr mobaynida Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan, tizimdagi barcha tashkilot va muassasalarda oʻquvchilar, shugʻullanuvchilar va xodimlarning salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlash, kasalliklarning tarqalib ketishini oldini olish, sanitariya-gigiyena meʼyorlarga rioya etilishi yana-da kuchaytirildi.

Jumladan, Buxoro viloyatida joylashgan barcha sport taʼlim muassasalarida ham dezinfeksiya ishlari har kuni amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi barcha bolalar va o'smirlar sport maktablarida maxsus guruh ishtirokida sport zallar, yotoqxonalar dezinfeksiya qilinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati