Rasman: Olimpiya oʻyinlari qoldirildi
Rasman: Olimpiya oʻyinlari qoldirildi
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida boʻlib oʻtishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariningn keyingi yili oʻtkazilishi boʻyicha kelishuvga erishgan. Bu haqda sport jurnalisti Deven Eru xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Tokio Olimpiadasi 2021-yilning yoz faslida boʻlib oʻtadi. Bu xabarni Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqlagan.
Maʼlumot uchun, Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari 24-iyuldan 9-avgustga qadar, Paralimpiya oʻyinlari esa 25-avgustdan 6-sentyabrga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati