Rapira yo‘nalishida – “Toshkent-1” jamoalarining g‘alabasi!
Rapira yo‘nalishida – “Toshkent-1” jamoalarining g‘alabasi!
Toshkentda o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.
Kecha qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar davomida sportchilar mahorat, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni namoyon etdilar.
Erkaklar jamoasi “Toshkent-1” (F.Alimov, А.Muxammedov, Д.Sa’dullayev, U.Usmanov) musobaqaning barcha bosqichlarida ustunlikni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ayollar jamoasi “Toshkent-1” (Каримова А., Касымова Р., Кильдеева А., Ташпулатова М.) ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yakuniy natijalar:
Erkaklar:
1.Toshkent 1
2.Andijon
3.Toshkent 2 va Farg‘ona.
Qizlar:
1.Toshkent 1
2.Farg‘ona 1
3.Toshkent 2 va Farg‘ona 2.
Qilichbozlarimizni va ularning murabbiylarini yuksak natijalari bilan tabriklaymiz!
Bugun musobaqa sablya yo‘nalishidagi yakkalik bahslar bilan davom etmoqda. Oldinda yanada hayajonli bellashuvlar kutilmoqda!