O‘zbekiston qilichbozlari — MDH davlatlari III o‘yinlarida oltin va kumush medal sohiblari!

O‘zbekiston qilichbozlari — MDH davlatlari III o‘yinlarida oltin va kumush medal sohiblari!

 

Bugun Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari III o‘yinlarida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi.

 

Quvonch bilan aytamizki, O‘zbekiston sablya jamoasi (Sardor Abdukarimbekov, Shannazar Abulov, Nursultan Kenesbaev, Alpamis Urakbaev) finalda Rossiyani 45:43 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi! ????

 

Shpaga yo‘nalishidagi qizlar jamoamiz (Madinabonu Mansurova, Sanam Nazarova, Ozodaxon Usmonjonova, Marvarid Zuvaydilloeva) esa finalgacha yetib borib, kumush medal sohibi bo‘ldi! ????✨

 

Yakuniy natijalar:

 

Erkaklar:

1. O‘zbekiston

2. Rossiya

3.  Qozog‘iston va Ozarbayjon

 

Ayollar:

1. Rossiya

2. O‘zbekiston

3. Ozarbayjon va Belarus

 

O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi barcha sportchilarimizni ushbu yirik yutuq bilan samimiy tabriklaydi!

Sizlarning g‘alabangiz — Vatanimiz faxri!