Samira Shokirova sablya bo’yicha jahon kubogi bosqichi sovrindori
Samira Shokirova sablya bo’yicha jahon kubogi bosqichi sovrindori
Avval xabar qilinganidek qlilichbozlik bo’yicha O’zbekiston Milliy terma jamoa a’zolari U-20 yosh toifasida 2025 yil 3-5 yanvar kunlari bo’lib o’tayotgan Jahon Kubogi bosqichi musobaqasida qatnashmoqda.
Kolumbiyaning Bogota shahrida o’tayotgan Jahon kubogi bosqichida sablya bo’yicha yakkalik bahsida Milliy terma jamoamiz a’zosi Samira Shokirova g’olib va sovrindorlar qatoridan o’rin egalladi.
Ta’kidlash joizki, Samira barcha kuchli raqiblarni engib, yarim finalga o’tish bahsida braziyalik sportchi Fraga Ana Beatriz bilan bellashdi. Biroq hamyurtimiz ushbu bahsda 15-10 hisobida imkoniyati boy berdi va yakunda JK bosqichi bronza medaliga sazovor bo’ldi.
Yakuniy natijalar;
1. Huang Gabriela Maria Lin- Puerto-Riko
2. Fraga Ana Beatriz- Braziliya
3. Chavez Vanessa- Meksika
3. Shokirova Samira- O’zbekiston.
Samira Shokirova va uning murabbiylarini tabriklaymiz!????????
Barcha qilichbozlarimizga g’alaba va omad tilaymiz!