O’zbekiston qilichboz o’g’lonlari jahon kubogi bosqichida g’alaba shohsupasining barcha pog’onalarini egalladi

O’zbekiston qilichboz o’g’lonlari jahon kubogi bosqichida g’alaba shohsupasining barcha pog’onalarini egalladi

Ayni kunlarda O’zbekiston Milliy terma jamoa a’zolari U-20 yosh toifasida 
Kolumbiyaning Bogota shahrida o’tayotgan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etmoqda. 
Quvonarli jixati, sablya bo’yicha yakkalik bahsida Milliy terma jamoamiz vakillari g’olib va sovrindorlar qatoridan o’rin egallab, musobaqaning oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo’ldi. 

E'tiborlisi, qilichboz yigitlarimiz - M. Aymuratov, S. Abdukarimbekov, A.Urakboevlar Hitoy, Meksika, Kolumbiya va boshqa davlatlarning eng kuchli sportchilarini mag'lub etishga mivaffaq bo'lishdi. 

O'ta shiddatli, keskin vaziyatlarga boy va murosasiz kechgan yarim final bahsida Musa Aymuratov o'z jamoadoshi Alpamis Urakboevni 15:14 hisobida engib, finalga yo'l oldi. 
Final bahsida ham ikki hamyurtimiz - Musa Aymuratov hamda Sardor
Abdukarimbekov g'oliblik uchun bellashdi. Yakunda esa, M. Aymuratov yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo'ldi. Hisob 15:9. 

1. AYMURATOV Musa - O'zbekiston
2. ABDUKARIMBEKOV Sardor - O'zbekiston
3. PATTO Erico
 Braziliya
3. URAKBOEV Alpamis - O'zbekiston

Barakalla o'zbegimning mohir qilichbozlari, tabriklaymiz!
Sportchilarimizga jamoaviy musobaqada ham g'alaba tilaymiz!