Sablya va rapira bo’yicha qilichbozlarimiz jahon kubogi bosqichi musobaqalarida ishtirok etadi

Sablya va rapira bo’yicha qilichbozlarimiz jahon kubogi bosqichi musobaqalarida ishtirok etadi

Qilichbozlik bo’yicha  O’zbekiston Milliy terma jamoa a’zolari U-20 yosh toifasida 2025 yil 3-5 yanvar kunlari bo’lib o’tadigan galdagi Jahon Kubogi bosqichlari musobaqalarida qatnashmoqda. 
Bugun Kolumbiyaning Bogota shahrida start olgan sablya bo’yicha Jahon kubogida Milliy terma jamoamiz quyidagi tarkibda bahslarga kirishdi:
Erkaklar:
Musa Aymuratov
Alpamis O‘rakbayev
Sardor Abdukarimbekov
Ayol-qizlar:
Fernanda Errera
Nargiza Jaksibayeva
Ayako‘z Jumamuratova
Samira Shokirova
Zahiradagi sportchilar - Gulistan Perdibayeva, Islombek Abdazov va
Zuhriddin Qodirov. 

Shuningdek, bugun Birlashgan Arab Amirligi Fujeyra shahrida qilichbozlikning rapira yo’nalishi bo’yicha U-20 yosh toifasida boshlangan JK bosqichi musobaqasida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:
Radmir Semeneyev, 
Azamat Muxammedov,
Fozil Alimov, 
Ulug’bek Usmanov, 
Ilyos Maripjonov, 
Jamoliddin Maripjonov. 

Mazkur JK bahslarida qilichbozlarimizga Milliy terma jamoa murabbiylari Yorqin Yuldashev, Vitaliy Malenkin va Farux Gapurov hamrohlik qilmoqda. 

Barcha sportchilarimizga yorqin g’alabalar va omad tilaymiz!