Yangi yil muborak bo’lsin!
Yangi yil muborak bo’lsin!
Hurmatli yurtdoshlar, qilichboz-sportchilar, qadrli sportimiz faxriylari, murabbiylar, hakamlar va qilichbozlik sporti muxlislari!
Sizni, O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi nomidan kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yangi yil siz uchun yangi g'alabalar, yorqin yutuqlar va ezgu orzularingizni amalga oshirish yili bo'lsin.
Har biringizning samarali mehnatingiz, qilichbozlikda erishgan g’alaba va yaxshi natijalaringiz va sevimli sportimiz rivojiga qo‘shgan hissangiz uchun minnatdormiz.
Sizga sog'liq, baxt, farovonlik va yangi zafarlar uchun kuch-g’ayrat tilaymiz! Muvaffaqiyat energiyasi va jamoaviy birdamlik kuchi sizga har qadamda hamroh bo'lsin!
Yangi yil muborak bo’lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi.