Gulnora Saidova FIE Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Gulnora Saidova FIE Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi-FIE rahbariyati Gulnora Tulkunovna Saidovani Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinladi. Ta’kidlash joizki, ushbu muhim voqea O‘zbekiston uchun ham, jahon miqyosida ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki FIE tarixida birinchi marta Bosh kotib lavozimiga ayol kishi tayinlandi. 

Ayni paytda Gulnora Saidova O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi, shuningdek Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi Ijrochi kotibi, Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritadi. 

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi va mamlakatimizning butun qilichbozlik oilasi nomidan Gulnora Saidovaga sihat-salomatlik, barcha ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!