O‘zbekistonlik qilichboz qizimiz sablya bo‘yicha jahon Kubogining kumush medaliga ega bo’ldi
O‘zbekistonlik qilichboz qizimiz sablya bo‘yicha jahon Kubogining kumush medaliga ega bo’ldi
Joriy yil 14 dekabr kuni Budapeshtda (Vengriya) qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha yoshlar toifasidagi qizlar o‘rtasida jahon kubogi yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda O‘zbekiston Milliy terma jamoa tarkibida sablya bo‘yicha qizlardan -Jumamuratova Ayakoz, Perdibvaeva Guliston, Shokirova Samira va Errera Lara Luisa Fernanda ishtirok etdi.
Jahon kubogining ushbu bosqichida Fransiya, Ispaniya, Bolgariya, Vengriya, Gonkong, Xitoy, AQSh, Ruminiya, Turkiya, Polsha, O‘zbekiston, Gruziya va boshqalardan 200 dan ortiq sportchilar g’oliblik uchun kurash olib bordi.
Ta’kidlash joizki, termamiz a’zosi Gulistan Perdiboyeva chorak finalda xitoylik sportchini 15:11, yarim finalda esa Gruziya sportchisini 15:9 hisobida mag‘lub etgandi.
Biroq u final bahsida xitoylik sportchiga mag'lub bo'ldi va shu tariqa Jahon kubogining kumush medaini qo'lga kiritdi.
Sportchimizni muvaffaqiyatli chiqishi bilan tabriklaymiz!
Bugun qizlar jamoasi jamoaviy bahslarda kurashni boshlaydi!
Barcha sportchilarimizga omad va g’alaba tilaymiz!