Osiyo Kubogi rapira va sablya bo’yicha jamoaviy bahslar g’oliblari aniqlandi

Osiyo Kubogi rapira va sablya bo’yicha jamoaviy bahslar g’oliblari aniqlandi

Toshkentda kadetlar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida qilichbozlikning (shpaga, sablya, rapira) turlari bo'yicha Osiyo Kubogi jamoaviy musobaqalar bilan yakunlandi. 

O`smirlar yosh toifasida o'tkazilgan Osiyo Kubogida rapira bo’yicha jamoaviy bahsda o’gil bolalar o’rtasida O’man terma jamoasi qilichbozlari oltin medalga ega bo’ldi.  

Bizning o’g’il bolalar “О’zbekistоn 2” termasi esa

(IBRAGIMOV Akmal, PULATOV Serdar, RAKHMANOV Serjan,

VOROJEYKIN Radmir) kumush medalni qo’lga kiritdi. 

 

Quvonarlisi qiz bolalar terma jamoalari orasida murosasiz kechgan bahslar davomida o’zbek rapirachi qizlari “O`zbekiston 1” termasi (ADASHALIEVA Sabina, KARIMOVA Asalya, KILDEEVA Aneliya, MURODOVA Ziyodakhon) o’z mahoratlarini namoyish etib, g’oliblikka erishdi. 

Yakuniy natijalar:

Rapira, qizlar;

1. О’zbekistоn 1

2. Kazakhstan 1

3. О’zbekistоn 2

3. Kazakhstan 2

Rapira, o’g’il bolalar ;

1. O’MAN

2. О’zbekistоn 2

3. О’zbekistоn 1

3. Kazaxstan 1

 

Ta’kidlash joizki, Osiyo Kubogi sablya bo’yicha jamoaviy bahsda “О’zbekistоn 1” qizlar termasi (Ganiyeva Sevara,

Kurbonova Karina, Shamuratova Aygul, Utabaeva Nargiza) va o’gil bolalar o’rtasida “О’zbekistоn 1” terma jamoasi (Abulov Shannazar,

Alimov Saidibrokhim, Bekjanov Artur, Kenesbayev Nursultan) qilichbozlari oltin medalga ega bo’ldi.

Sablya jamoaviy bahs yakuniy natijasi

Qizlar;

1. О’zbekistоn 1

2. О’zbekistоn 2

3. Kazakhstan 3

3. О’zbekistоn 3 

Sablya, o’g’il bolalar ;

1. О’zbekistоn 1

2. Kazakhstan 1

3. Kazakhstan 2

3. О’zbekistоn 2

 

 Barcha sportchilar va murabbiylarni tabriklaymiz!