O’smir qilichbozlar OK yakkalik bahsida g’oliblar nomi aniqlandi

O’smir qilichbozlar OK yakkalik bahsida g’oliblar nomi aniqla O’smir ndi

Avval xabar qilinganidek, Toshkentda kadetlar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida qilichbozlikning (shpaga, sablya, rapira) turlari bo'yicha Osiyo Kubogining yakkalik musobaqalari boshlandi. 

Kichik o`smirlar yosh toifasida o'tkazilayotgan Osiyo Kubogi yakkalik musobaqasining birinchi kunida 104 nafar yosh qilichboz ishtirok etdi. Qilichbozlik yo'lakchalarida sportchilar shpaga bo'yicha o'g'il bolalar (43), rapirada qizlar (26) va sablya yo`nalishida (35) o'g'il bolalar bahslashdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, murosasiz kechgan bahslar davomida O`zbekiston sportchilari o`z mahoratlarini namoyish etib, g`alaba shohsuppasidan munosib joy egalladilar. 

 

Yakuniy natijalar: Shpaga. O'g'il bolalar

1. ZAYNOBIDINOV Ozodbek - O'zbekiston

2. LIANG Kuan-Ruei - Taypey

3. ORYNBASSAR Berik - Qozog’iston

3. IBODULLAEV Asilbek -O'zbekiston. 

 

Rapira, qiz bolalar: 

1. AL SIYABI ISRAA - O'man

2. MUKANOVA Alua - Qozog’iston

3. ADASHALIEVA Sabina - O'zbekiston

3. MURODOVA Ziyodahon - O'zbeskiston.

 

Sablya, o'g'il bolalar:

1. BEKJANOV Artur - O'zbekiston

2. ALIMOV Saidibrohim -O'zbekiston

3. SHERIM Kanagat - Qozog’iston

3. ALIMJANOV Zair - Qozog’iston.

 

Barcha g’olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!