Sportimiz faxriysi Baxodir Nazirov munosib taqdirlandi

Sportimiz faxriysi Baxodir Nazirov munosib taqdirlandi

 

O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova Qilichbozlik sporti fahriysi Baxodir Nazirovga Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining e’tirof Sertifikatini topshirdi. 

 

Ushbu tashakkurnoma bitilgan Sertifikat faxriylar o’rtasida o’tkazilgan qator Osiyo xalqaro musobaqalarida chempionlikni qo’lga kiritgan B. Nazirovni Osiyo qit’asida qilichbozlik sportini ommalashtirishga qo’shgan ko’p yillik xizmatlarining e’tirofi ramzidir.

 

Yurtimiz qilichbozlik oilasi nomidan Baxodir Nazirovni tabriklaymiz!