Qilichbozlik bo’yicha Osiyo kubogi start oldi
Qilichbozlik bo’yicha Osiyo kubogi start oldi
Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik sportining (shpaga, sablya, rapira) turlari bo'yicha kichik o'smirlar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida Osiyo kubogi start oldi.
Ushbu musobaqada:
- Birlashgan Arab Amirliklari,
- Malaziya,
- Hindiston,
- Oman,
- Taypey,
- Qirg'ziston,
- Qozog'iston,
- O'zbekiston yosh qilichbozlari - jami 200 nafarga yaqin atletlar ishtirok etmoqda.
Eslatib o’tamiz, mazkur xalqaro musobaqa 2024-yil 4-6-dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Paxtakor” va “Yoshlik” qilichbozlik sport zallarida bo’lib o’tadi.
Barcha sportchilarga muvaffaqiyat va yorqin g’alabalar tilaymiz!