Jahon qilichbozlik ahli FIE prezidenti lavozimiga Alisher Usmonov nomzodi uchun ovoz berdi

Jahon qilichbozlik ahli FIE prezidenti lavozimiga Alisher Usmonov nomzodi uchun ovoz berdi
Bugun, 2024-yil 30-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) Kongressi bo’lib o’tdi. 
Tadbir davomida Kongress ishtirokchilari elektron ovoz berish orqali Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi -FIE prezidentini sayladilar. 
Koʻpchilik ovoz bilan, yaʼni 146 nafar Kongress ishtirokchilaridan 120 nafari Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimiga Alisher Burxonovich Usmonov nomzodini yoqlab ovoz berdi.  
FIE Kongressi o'z ishini davom ettirmoqda.