O’zbek qilichbozi Abdazov Islambek Jahon kubogi bosqichi g’olibi
O’zbek qilichbozi Abdazov Islambek Jahon kubogi bosqichi g’olibi Bugun Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o’tkazilayotgan Jahon Kubogi bosqichida o’g’il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahsida 16 davlatdan jami 97 nafar sportchi ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, Milliy terma jamoamiz a’zolaridan Zuhriddin Qodirov va Islambek Abdazov barcha kuchli raqiblarni engib o’tishga muvaffaq bo’ldi. Yarim final bahsida I.Abdazov vengriyalik sportchi Vajda Oszkarni mutloq ustinlik bilan, 15:4 hisobida mag’lub etdi. Shuningdek Z.Qodirov turkiyalik qilichboz Kupeli Adem Doruk ustidan 15:10 hisobida g’alaba qozondi. Qivonarlisi, final bahsida ikki hamyurtlarimiz JK g’olibligi uchun o’zaro murosaziz kurash olib bordi. Ular mohirona bellashdi va yakunda I.Abdazov 16:14 hisobda g’alaba qozonib oltin medal hamda kubok sohibiga aylandi va Vatanimiz bayrog’ni yuqori ko’tardi. Yakuniy natijalar: 1. Abdazov Islambek - O’zbekiston 2. Qodirov Zuhriddin- O’zbekiston 3. Vajda Oszkar - Vengriya 3. Kupeli Adem Doruk - Turkiya. Barcha g’olib va sivrindorlarni tabriklaymiz!