O’zbekiston terma jamoasi a’zosi ERRERA LARA Luisa Fernanda Jahon Kubogi bosqichi g’olibi
O’zbekiston terma jamoasi a’zosi ERRERA LARA Luisa Fernanda Jahon Kubogi bosqichi g’olibi
Bugun poytaxtimiz Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon Kubogi bosqichining qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari o’tkazildi.
Ta’kidlash joizki, juda ham qizg’in va murosasiz kechgan bellashuvlarda eng kuchli sportchilar g’oliblik uchun kurash olib bordi.
Quvonarlisi, Milliy terma jamoamiz a’zosi ERRERA LARA Luisa Fernanda JK bosqichining oltin medalini qo’lga kiritib, musobaqa g’olibi bo’ldi.
Final bosqichida qilichboz qizimiz netral atlet MISHAKINA Polinani 15:13 hisobi bilan mag’lub etdi.
Yakuniy natijalar:
1. HERRERA LARA Luisa Fernanda- UZB
2. MISHAKINA Polina- AIN
3. KONYA Csenge- HUN
3. TRETIAKOVA Mariia - AIN
Musobaqaning g’olib va barcha sovrindorlarini tabriklaymiz!