Poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichi start oldi
Poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichi start oldi
Bugun poytaxtimiz Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon Kubogi bosqichi musobaqalari boshlandi. E`tiborli jixati mazkur yirik xalqaro musobaqada 16 ta davlatdan 200 nafarga yaqin yosh va kuchli sportchilar bellashadi.
Musobaqa taqvimiga ko‘ra qilichbozlikning sablya yonalishidagi JK bosqichining ilk kunida qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari o`tkazilmoqda va ushbu bellashuvlarda jami 94 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Milliy terma jamoamiz a’zolari - qizlar medallar uchun quyidagi tarkibda bahlarga kirishdi.:
- PERDIBAEVA Gulistan
- ERRERA LARA Luisa Fernanda
- SHOKIROVA Samira
- JUMAMURATOVA Ayakoz
- USNATDINOVA Dilnaz
- MAHMUDJANOVA Fotima
- KURBONOVA Karina
- DARYABAEVA Juldizkhan
- HOJIBEKOVA Malikabonu
- BABADJANOVA Darina
- HUSANBOEVA Bibiaisha
- GANIEVA Sevara
- BEKBAULIEVA Tulkinoy
- ABDULLAJONOVA Shakhzoda
- UTEBAEVA Nargiza
- GAFUROVA Dana
- SHAMURATOVA Aygul
- RUZIEVA Salima
- KONGRADBAEVA Nargiza
- RUSTAMOVA Umida.
Musoqada ishtirok etayotgan barcha sportchilarga muvaffaqiyat va yorqin g`alaba tilaymiz!
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi qilichbozlik sporti ixlosmadlarini va barcha yurtdoshlarimizni ushbu yirik xalqaro musobaqalarni tomosha qilishga hamda qlichbozlarimizni qo’llab-quvvatlashga taklif etadi!