Toshkent qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
Toshkent qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 15-17 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Paxtakor” va “Yoshlik” zallarida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada dunyoning
16 ta davlatidan 200 nafarga yaqin mohir sportchilar g‘oliblik uchun bellashadi.
Mazkur Jahon kubogi bosqichida qilichbozlikning sablya yonalishidagi Milliy terma jamoamiz safida jami 40 nafar sportchilar, shundan 21 ta qizlar medallar uchun kurash olib boradi.
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi qilichbozlik sporti ixlosmadlarini va barcha yurtdoshlarimizni ushbu yirik xalqaro musobaqalarni tomosha qilishga hamda qlichbozlarimizni qo’llab-quvvatlashga taklif etadi!
Ma’lumot uchun: Musobaqa taqvimiga ko‘ra;
15 noyabr kuni qizlar o‘rtasida yakkalik bahslar, 16 noyabr yigitlar o‘rtasida yakkalik bahslar,
17 noyabr kuni qizlar va yigitlar o‘rtasida jamoaviy bahslar o‘tkaziladi.