Qilichbozlik bo‘yicha O’zK musobaqasida Toshkent va Qoraqalpog‘iston sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi Bugun qilichbozlar U-20 Respublika kubogi doirasida sablya yo’nalishida o'zaro kuch sinashdi.

Qilichbozlik bo‘yicha O’zK musobaqasida Toshkent va Qoraqalpog‘iston sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Bugun qilichbozlar U-20 Respublika kubogi doirasida sablya yo’nalishida o'zaro kuch sinashdi. 

Qizg’in va murosasiz kechgan yakkalik bahslarda mamlakatimiz viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kuchli sportchilar ishtirok etdi. 
Ta’kidlash joizki, musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra mamlakat Kubogi va oltin medal Qilichbozlik milliy Klubi sportchisi Azizbek Karimboyevga, shuningdek qizlar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik Gulistan Perdiboyevaga nasib etdi. 
Yakuniy natijalar:
O'g'il bolalar;
1. Karimboev Azizbek - NFC
2. Turganboev Nurkeldi - NOPSTTM
3.Baymuratov Shamil - NOPSTTM
3. Baltabaev Alimbay – Qoraqalpog‘iston. 
Qizlar; 
1. Perdiboyeva Gulistan – Qoraqalpog‘iston 
2. Jumamuratova Ayakoz – Qoraqalpog‘iston 
3. Shokirova Samira - Jizzax 
3.Qongratboeva Nargiza -Qoraqalpog’iston. 
O’zbekiston Kubogi musobaqasining barcha g'olib va ​​sovrindorlarini tabriklaymiz!