O‘zbekiston kubogi musobaqasida kuchli g‘olib jamoalar aniqlandi
O‘zbekiston kubogi musobaqasida kuchli g‘olib jamoalar aniqlandi
Bugun O’zK doirasida qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo'yicha jamoaviy musobaqa bo'lib o'tdi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining barcha terma jamoalari bellashuvlarda munosib ishtirok etdi.
Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra, Nukus olimpiya paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi terma jamoasi kuchli ekanini isbotladi.
Xotin-qizlar bahsida esa poytaxt terma jamoasi – “Toshkent 1” jamoasi g‘alaba qozondi.
Yakuniy natijalar: sablya-(jamoaviy musobaqa);
Qizlar;
1. Toshkent 1
2. Jizzax 1
3. Toshkent 2
3. Qoraqalpog‘iston 2.
O’g’il bolalar;
1. Nukus OPSTTM 1
2. Toshkent 1
3. Nukus OPSTTM 2
3. Qoraqalpog‘iston 1.
O'zbekiston kubogi g'olib va sovrindorlarini tabriklaymiz!