Rapirachilarimiz xalqaro turnir sovrindori

Rapirachilarimiz xalqaro turnir sovrindori

Avval xabar berganimizdek, kuni- kecha Qozoq’iston Respublikasi Chimkent shahrida “Respublika kuniga“ bag’ishlangan 2008-yil va 2011- yilda tug’ilgan hamda undan kichik yoshdagi sportchilar o’rtasida qilichbozlik bo’yicha Xalqaro turnir bolib ‘tdi. 

Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada rapira bo’yicha o’tkazilgan yakkalık va jamoaviy bahslarda O’zbekistonlik yosh sportchilarimiz, aynıqsa Toshkent viloyati va Qoraqalpog’istonlik qilichbozlarimiz yaxshi natijalarni qayd etishdi. Yakuniy natijalar:

Rapira. Jamoaviy bahs - qizlar;

1. Chimkent 1. 

2. O’zbekiston- (M.Asranova, D. Ruzimatova, N. Jurayeva, D. Muxammadkulova). 

3. Qoraqalpog’iston - (B.Urinbayeva, T. Elibayeva, M. Bayirjanova). 

3. Chimkent 2. 

Rapira. O’gil bolalar;

1. Chimkent 1. 

2. Qoraqalpog’iston - (A.Abdujaliyev, A. Keunimjayev, Sh. Bisengaliyev, M. Ayapov). 

3. Chimkent 2. 

3. Chimkent 3.

Barcha g’olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!