Yosh qilichbozlarimiz xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Yosh qilichbozlarimiz xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
2024-yil 6-13- oktyabr kunlari Qozoq’iston Respublikasi Chimkent shahrida “Respublika kuniga“ bag’ishlangan 2008-yil va 2011- yilda tug’ilgan hamda undan kichik yoshdagi sportchilar o’rtasida qilichbozlik bo’yicha Xalqaro turnir bolib o’tdi. 
Mazkur musobaqada Qozoq’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iston respublikalaridan 40 nafardan ziyod sportchilar bellashdi. 
Ushbu musobaqada O’zbekiston milliy terma jamoa azolari hamda Farg’ona va Toshkent viloyatlari sportchilari ham medalllar uchun kurash olib bordi.Shpaga bo’yicha kechgan yakkalik bahslarda o’smir og’il bolalar o’rtasida Bagautdinov Vadim va qizlar o’rtasida Dauletbayeva Durdona 3-o’ringa sazovor bo’ldi. 
2011 y.t. o’gil bolalar;
1- o’rin Eshonqulov Aziz
3- o’rin Rozibaev Hurshid 
3- o’rin Govurjonov Islom
Qizlar;
3- orin Alsherova Shabnam
Jamoaviy bahs (kadet)o’g’il bolalar o’rtasida 1- o’rin - Bagautdinov Vadim, Ubaydullaev Otabek, Gamm Maksim, Toychiev Islom. 
Qizlar;
3-o’rin -Dauletbayeva Durdona, Alsherova Shabnam, Nazarova Efsun. 
2011- yilda tug’ilgan sportchilar o’rtasidagi shpagachilar jamoaviy bahslarida o’g’il bolalar orasida 1- o’rin - Eshonqulov Aziz, Rozibaev Hurshid, Gofurjonov Islom, Sultonov Temurdan iborat terma jamoaga nasib qildi. 
Barcha g’olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!