Rapirachilar o’quv mashg’ulot yig’inida
Rapirachilar o’quv mashg’ulot yig’inida
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy
tarbiya tadbirlarining 2024-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq joriy yilning 4-18-iyul kunlari qilichbozlik sport turining rapira yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.
Rapirachilar terma jamoasining asosiy va zahira tarkibidan iborat sportchilar
o’quv mashg’ulotlari Toshkent shahridagi Paxtakor sport zalida olib borilmoqda.
O'quv mashg'ulotlar jarayoni asosan sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yanada oshirihga asoslangan.
Ushbu mashg'ulotlarni talab darajasida va samarali o'tkazish uchun Milliy terma jamoa trenerlari Rustam Ibragomov, Farrux Gapurov hamda Kuts Roman, Alisa Solovyova kabi murabbiylar jalb etilgan.