Bugun Quvaytda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati start oladi.

Bugun Quvaytda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati start oladi. 

Musobaqani ayollar oʻrtasidagi shpaga va erkaklar oʻrtasidagi sablya bahslari boshlab beradi. Musobaqaning ilk kunida medallar uchun kurash olib boradigan yurtdoshlarimiz bilan tanishing:

Ayollar, shpaga:
Dilnaz Murzatayeva
Sevara Rahimova
Shahzoda Egamberdiyeva

Erkaklar, sablya:
Islombek Abdazov
Musa Aymuratov
Zuhriddin Qodirov

Boʻlajak musobaqada yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.