Toshkent shahrida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik bo‘yicha 17yoshgacha bo‘lgan (2008 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi)
Toshkent shahrida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik bo‘yicha 17yoshgacha bo‘lgan (2008 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi) o’smirlar o‘rtasida xalqaro turnir bo’lib o’tmoqda. Musobaqada mamlakatimiz qilichbozlari hamda Qozog‘istondan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Ushbu turnir doirasida o’tkazilgan rapira yonalishidagi jamoaviy bahslarda Toshkent-1 va Andijon-1 terma jamoalari g’alaba shohsupasining eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
Jamoaviy bellashuvlarning yakuniy natijalari quyidagicha;
O’gil bolalar:
1. Andijon 1
2. Toshkent 1
3. Toshkent 2
3. Toshkent 3
Qizlar:
1. Toshkent 1.
2. Toshkent 2
3. National Club 1
3. Qozog’iston 1
Turnirning g'olib va sovrindorlarini tabriklaymiz!