Qoraqalpog’stonda Jahon chempionati sovrindorlari bo’lgan sablyachilarimiz Alpamis va Nargiza tantanali kutib olindi
Qoraqalpog’stonda Jahon chempionati sovrindorlari bo’lgan sablyachilarimiz Alpamis va Nargiza tantanali kutib olindi
Kuni kecha Nukus xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoni Ar-Riyad shahrida bo’lib o’tgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati sovrindorlari Alpamis Urakbayev va Nargiza Jaksibayeva tantanali kutib olindi. Xabaringiz bor jahon chempionati oʻsmirlar yosh toifasida qatnashgan A.Urakbayev kumush medaliga hamda
qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda esa N.Jaksibayeva bronza medali bilan taqdirlangan.
Qilichboz sportchilarni
QR vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi raisi B.P. Utemuratov, QR Sport vaziri A.R. Allanazarov, OAV xodimlari, sportchilarning ota-onalari, o’quv muassasalar rahbarlari munosib kutib olishdi.