Qilichbozlarimizning Jahon chempionatidagi natijalari

Qilichbozlarimizning Jahon chempionatidagi natijalari
Ayni kunlarda Saudiya Arabistonning Ar-Riyat shahrida qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida Jahon chempionati musobaqalari davom etmoqda. 
Xabaringiz bor qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqalarda (12-20 aprel, 2024) ishtirok etmoqda. Chempionatning dastlabki kunlari rapira bo’yicha yakkalik hamda jamoaviy musobaqalar bo’lib o’tdi. Terma jamoamiz a’zolari: F. Alimov, I.Maripjonov, J. Maripjonov, R.Semeneeyevlardan iborat rapirachilarimiz jamoaviy bahsda kuchli “Top-16” guruhidan o’rin egalladi. 
Shpaga bo’yicha o’tkazilgan JCh yakkalik bahslarida Dilnaz Murzataeva jahonning eng kuchli qilichboz ayol-qizlar o’rtasida 7-pog’onani egalladi. Chorak final bahsiga o’tish uchun sportchimiz D.Muzataeva turkiyalik Aleyna Erturkni 15:10 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Biroq, juda ham murosasiz kechgan yarim final jangida Dilnaz fransiyalik sportchiga deyarli bir ochko farqi bilan imkoniyatni boy berdi. Shpagachilarimizdan biri Shaxzoda Egamberdiyeva esa “Top-64” talik guruhga kirdi. Shuningdek o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan bahslarda Sanam Nazarova “Top-32” guruhidan o’rin oldi. 
Shpaga bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jamoaviy musobaqada ayollar (Egamberdiyeva Shakhzoda, Murzatayeva Dilnaz, Nazarova Sanam,Saparova Biybimaryam) hamda erkaklar jamoasida (Fayziyev Ahmadjon, Sidikov Muhammadusuf,Timurov Meyirkhan,Turishev Iskandar) milliy terma jamoamiz jahonning eng kuchli jamoalarining “Top-32” guruhidan 17-pog’onani egallashdi. 
Hozirda Jahon chempionatining sablya bo’yicha musobaqalari bo’lib o’tmoqda. 

O’QF Matbuot xizmati.