Manama shahri (Bahrayn) mezbonlik qilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor boʻlishdi.

 3 ta oltin va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan yoshlarimiz Yaponiyadan soʻng umumjamoa hisobida ikkinchi boʻldilar;

 Oʻsmirlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi.

 O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi mamlakat qilichbozlik federatsiyasi, yosh sportchilarimiz va murabbiylar shtabini ushbu natija bilan qutlab, atletlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omadi tilaydi.