Osiyo chempionatida sablyachilarimiz Shokirova Samira va Fernanda Errera bronza medali sohibi bo’ldi

Osiyo chempionatida sablyachilarimiz Shokirova Samira  va Fernanda Errera bronza medali sohibi bo’ldi
Bahrainning Manama shahrida yoshlar o’rtasida o’tayotgan Osiyo Chempionati doirasida bugun qilichbozlikning sablya va shpaga turi bo’yicha qizlar, rapira turida esa yigitlar yakkalik bellashuvlari o’tkazildi. Ushbu turnirda sabliya bo’yicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi Shakirova Samira hamda Fernanda Errera kuchli raqiblarini ortda qoldirib, chempionatning bronza medaliga sazovor bo’lishdi. 
Ta’kidlash joizki, jahonning 15dan ortiq davlatlaridan qatnashgan eng kuchli 
60 nafar sportchilar orasida bo’lib o’tgan bahslarda sportchi qizlarimiz yarim finalgacha yetib keldi. 
Keskin va murosasiz o’tkan yarim final jangida afsuski Samira va Fernandaga birozgina omad etishmadi, shu tariqa ular g’alaba shohsupasining uchinchi pog’onasini egalladi. 
Barcha trenerlarimiz va sportchilarimizni tabriklaymiz.