Qilichbozlarimiz Jahon Kubogi bosqichida o‘z ustunliklarini yana bir bor namoyish etishdi
Qilichbozlarimiz Jahon Kubogi bosqichida o‘z ustunliklarini yana bir bor namoyish etishdi
Bolgariyada qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qayd etish kerakki, bu safar qilichbozlarimiz bir qator yorqin g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi.
Sablya bo’yicha o’tkazilgan jamoaviy dasturda qizlarimiz muvaffaqiyatli chiqishdi. Ular Jahon Kubogi bosqichi g'olibiga aylanishdi.
Qilichboz qizlarimiz yarim finalda Italiya terma jamoasini 45:37 hisobida mag‘lub etishdi.
Finalda bosqichidagi shiddatli kurashda vakillarimiz Fransiya terma jamoasini 45:43 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, Fernanda Errera, Guliston Perdiboyeva, Nargiza Jaksiboyeva, Shokirova Samiradan iborat O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritib, Jahon Kubogi bosqichinig chempioni bo‘ldi.
Aytish joizki, mazkur JK musobaduda erkaklar yoshlar terma jamoamiz Vengriya terma jamoasini 45:39 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jamoa tarkibi Islom Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Azizbek Dauletnazarov, Zuxriddin Qodirov iborat.
Qilichbozlik federatsiyasi nomidan g'oliblarimiz va murabbiylarimizni erishgan sport yutuqlari bilan tabriklaymiz!