Qilichbozlik bo’yicha O’zbekistonlik ayol hakam Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadi

Qilichbozlik bo’yicha O’zbekistonlik ayol hakam Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadi
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasining xalqaro hakam toifasidagi referisi Dilorom Turdikulova
2024 yil Parijdagi Olimpiada
FIE Kengashi (Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi) va
FIE direktorlar kengashi qarori bilan musobaqalarda shpaga yo’nalishida hakamlik qiluvchi referilar tarkibiga kiritildi. 
Ta’kidlash joizki, Dilorom Turdikulova 2018 yildan buyon Osiyo va jahondagi yirik musobaqarda o’z mahorati va salohiyatini to’la namoyon etib, hakamlik qilgani bois FIEning kuchli referilari sifatida birinchilar qatorida e’tirof etildi. 
Parijdagi Olimpiada o’yinlarida hakamlik qiluvchi mamlakatimiz vakili xalqaro hakam Dilorom Turdikulovani tabriklaymiz va   barcha sportchiramiz hamda hakamlarimizga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.