Qilichboz rapirachilarimiz Jahon Kubogi bosqichi g’olibi

Qilichboz rapirachilarimiz Jahon Kubogi bosqichi g’olibi 

Bugun Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi jamoaviy bahslar bilan yakullandi.
Quvonarli jixati, O’zbekiston terma jamoasi rapirachi yigitlari barcha kuchli jamoalarni engib, Jahon Kubogi hamda oltin medalni qo’lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, terma jamoamiz a’zosi Radmir Semeneyev Slovakya terma jamoasi bilan kechgan eng keskin va murosasiz final bahsida jiddiy jarohat olganiga qaramay, jangda oxirigacha kurashdi va raqibiga so’ngi hal qiluvchi nayzani sanchdi. Radmir o’z va’dasining ustidan chiqdi va u terma jamoaning g’alabasiga hamda Vatanimiz bayrog’ini yuqori ko’tarishga o’zining munosib hissasini qo’shdi.
Hisob 45:43.
Rapirachi qizlar terma jamoalari orasıda O’zbekiston jamoasi vakillari qozog’stonlik raqiblarini yarim finalda 45:37 hisobi bilan mag’lub etib, bronza medaliga ega bo’ldi.
Yigitlar:
1. O’zbekiston
2. Slovakiya
3. Qozogʻiston
Qizlar:
1. Ruminiya
2. Moldova
3. O’zbekiston