Jahon kubogi bosqichida qilichbozimiz Herrera Fernanda bronza medali sohibi
Jahon kubogi bosqichida qilichbozimiz Herrera Fernanda bronza medali sohibi
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlikning sablya turi bo’yicha yoshlar o’rtasida navbatdagi Jahon Kubogi bosqichi o’tkazildi. Ushbu turnirda Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi Herrera Lara Luisa Fernanda kuchli raqiblarini ortda qoldirib g’alaba shoxsuppasining
3-pog’onasidan o’rin egalladi.
Ta’kidlash joizki, jahonning 20dan ortiq davlatlaridan qatnashgan eng kuchli
138 nafar sportchilar orasida bo’lib o’tgan yakkalik bahslarda Herrera Fernanda yarim finalgacha yetib keldi.
Keskin va murosasiz o’tkan yarim final jangida Fernanda Italiyalik sportchi Viale Mariellaga 15:10 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi va yakuniy natijada terma jamoamiz a’zosi bronza medalini qo’lga kiritdi.
1-Viale Mariella - ITA
2-Tori Toscane - FRA
3-Herrera Lara Luisa Fernanda - UZB
3-Lenkiewich Zuzanna - POL