Herrera Fernanda Jahon kubogi g’olibi

Herrera Fernanda Jahon kubogi g’olibi
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar toifasida qizlar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqasi dasturiga ko’ra yakkalik bahsi nihoyasiga etdi. 
Quvonarlisi ushbu nufuzli turnirda O’zbekiston milliy terma jamoa a’zosi, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari g’olibi Herrera Lara Luiza Fernanda barcha raqiblarini engib Jahon Kubogi hamda oltin medalni qo’lga kiritdi. 
Herrera Fernanda yarim finalda o’z jamoadoshi Samira Shokirovani 15:8 hisobi bilan engib, final bahsida FIE bayrog’i ostida kurash olib borgan rossiyalik qilichboz Aleksandra Mixaylovani 15:12 hisobida mag’lub etdi. 
Yakuniy natijalar esa quyidagicha:
1. Herrera Lara Luiza Fernanda (UZB)
2. Mixaylova Aleksandra (FIE)
3. Shokirova Samirа (UZB)
3. Popova Evelina (FIE)