O‘zbekistonlik qilichbozlik sporti hakamlari Malayziyada hakamlar uchun xalqaro seminarda ishtirok etdi
O‘zbekistonlik qilichbozlik sporti hakamlari Malayziyada hakamlar uchun xalqaro seminarda ishtirok etdi
Kuala-Lumpur shahrida Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi – FCA ko‘magida xalqaro hakamlar seminari bo‘lib o‘tdi.
FCAning taklifnomasi asosida va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi ko‘magida mintaqaviy hakamlar malakasini oshirish maqsadida 2023 y. 23-28 avgust kunlari qilichbozlik bo‘yicha O’zQF hakamlari Usmonova Zaynab va Adhamov Farrux Kuala-Lumpur shahrida bo’lib o’tgan xalqaro hakamlar seminarida ishtirok etdi.
- “Ushbu seminarni FIE Hakamlar komissiyasi prezidenti Irina Knish olib bordi, unda 25 nafarga yaqin qilichbozlik hakamlari, Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Yaponiya, Makao, Kambodja, Filippin va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi. — dedi O’zQF hakami F.Adxamov, — Seminarda 2 kun nazariya o‘rgandik. Malayziya ochiq chempionatida hakamlik qilib, 2 kun amaliy mashq qildik”.
Trening yakunida seminar ishtirokchilariga malaka oshirish sertifikati topshirildi.