Qilichboz- sablyachilarimiz Chendu-2021 - Universiada oʻyinlarini bronza medali sohibi

Qilichboz- sablyachilarimiz Chendu-2021 - Universiada oʻyinlarini  bronza medali sohibi

Bugun Xitoyning Chendu shahrida talaba sporchtilar oʻrtasida XXXI yozgi Universiada oʻyinlarining soʻnggi kunidagi musobaqada Qilichbozlik bo’yicha Oʻzbekiston  milliy terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Ushbu bronza medalini jamoaviy dasturda sablyachi qizlarimiz - Usnatdinova Aysuliu, Dayibekova Zaynab,
Perdebaeva Gulistan qoʻlga kiritdi.
Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida magʻlub boʻlgan sablyachilarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Milliy terma jamoamiz a’zolarini ushbu nufuzli xalqaro turnirda erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!