Qilichboz- sablyachilarimiz Chendu-2021 - Universiada oʻyinlarini bronza medali sohibi
Qilichboz- sablyachilarimiz Chendu-2021 - Universiada oʻyinlarini bronza medali sohibi
Bugun Xitoyning Chendu shahrida talaba sporchtilar oʻrtasida XXXI yozgi Universiada oʻyinlarining soʻnggi kunidagi musobaqada Qilichbozlik bo’yicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo’ldi.
Ushbu bronza medalini jamoaviy dasturda sablyachi qizlarimiz - Usnatdinova Aysuliu, Dayibekova Zaynab,
Perdebaeva Gulistan qoʻlga kiritdi.
Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida magʻlub boʻlgan sablyachilarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Milliy terma jamoamiz a’zolarini ushbu nufuzli xalqaro turnirda erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!