O’zbek qilichbozlari olg’a!
O’zbek qilichbozlari olg’a!
Xabaringiz bor Italiyaning Milan shahrida Qilichbozlik boʻyicha kattalar o’rtasida Jahon chempionati bo’lib o’tmoqda.
Bugun mazkur jahon chempionatida qilichbozlikning shpaga yo’nalishi boʻyicha jamoaviy bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi dunyoning eng kuchli jamoalari bilan bellashib g’alaba sari intilmoqda.
Muhimi milliy termamiz a’zolari kuchli 32talik guruhga kirish uchun Filipin terma jamoasini 45-37 hisob bilan mag’lub etdi.
Ta’kidlash joizki, jahon reytingida eng kuchli jamoalardan biri bo’lgan Shvetsariya terma jamoasini hamyurtlarimiz 37:36 hisobi bilan dog’da qoldurib g’alaba qozondi va “Top-16” guruhiga kirdi.
Shuningdek Oʻzbekiston terma jamoasi kuchli 8talik guruhdan o’rin egallash uchun Chexiya terma jamoasi bilan kurash olib bordi. Biroq bizning jamoamiz 32-39 hisobi bilan bahsni boy berdi.
Nima ham derdik, buni SPORT deydilar.
Tilagimiz Milliy terma jamoamizga hamisha omad yor bo’lsin!