Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha Jahon chempionati start oldi
Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha Jahon chempionati start oldi
Joriy yil 22 iyul kuni Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha Jahon chempionati start oldi. Musobaqada dunyoning 158 mamlakatidan tashrif buyurgan 1000 nafardan ziyod qilichboz gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Ishtirokchilarning koʻpligi bois, dastlabki 3 kun barcha yoʻnalishlarda saralash bahslari oʻtkaziladi.
Jahon chempionati dasturiga muvofiq musobaqaning ilk kunida ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida jang olib borishdi. Birinchi kunda jang qilgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Shpaga, Ayollar:
Malika Hakimova, Sevara Rahimova, Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murtazoyeva;
Sablya, Erkaklar:
Sherzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.
Musobaqaning ilk kunida bahs olib borgan O’zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili pley-off bosqichiga yo’l oldi.
Milliy terma jamoamiz a’zolaridan shpagachi Shahzoda Egamberdiyeva, sablyachi yigitlarimizdan Musa Aymuratov hamda Zuhriddin Qodirov saralashdan bosqichidan muvaffaqiyatli o’tishdi.